O‘zbekiston va Tojikiston energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston energetika vazirlari elektr energiyasi va tabiiy gaz eksporti va importini muhokama qilishdi.
Tojikistonning Guliston shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda kuz-qish mavsumi uchun elektr energiyasi eksporti va importini muvofiqlashtirish, "Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimiga qayta ulanish" loyihasi doirasida yuzaga keladigan texnik masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar tabiiy gaz yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Tojikiston O‘zbekistondan 267 million kub metr tabiy gaz sotib olgan va bu 2023 yilga nisbatan 47,1 million kub metrga ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter