Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

1924-yilning 17-sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan ustoz san’atkor 1947-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1942-yilda «O‘zbek davlat sirki» respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan Hakim Zaripov sirk san’ati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.

H.Zaripov umri davomida sirk manejida «yashadi» va 1946 – 1997-yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi.

Hakim Zaripov o‘zbek sirki san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan usta, badiiy va ijodiy guruh rahbari, otasining ishini munosib davom ettirgan, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tomoshalarda qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan, butun dunyoga o‘zbek sirkini tanishtirgan artist sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriysi edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring