Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva vafot etdi

Mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva vafot etdi

Mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi.

Bu haqda madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Nafisa To‘xtayeva O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini «Oltin fond»ga muhrlagan.

Uning ijrosidagi «Saraxbori Oromijon», «Qashqachai Savti Sabo», «Ey Nazokat» kabi kuylar xalq ma’naviy merosi durdonalariga aylangan.

«Xabar.uz» jamoasi Nafisa To‘xtayevaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas