Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova 68 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova shu yilning 13-yanvar kuni 68 yoshida vafot etdi.

Bu haqda O‘zAning Farg‘ona viloyat muxbiri xabar berdi.

«Do‘stlik», «El-yurt hurmati» ordenlari sohibi Enaxon Siddiqova 1954-yil 28-avgustda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tavallud topgan.

U 1976-yil Farg‘ona davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Oltiariq va Farg‘ona tumanlari maktablarida o‘qituvchi, maktab direktori vazifalarida ishlagan. «Farg‘ona haqiqati», «Ferganskaya pravda» gazetasi, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari kotibiyatida faoliyat olib borgan.

Enaxon Siddiqovaning «Qorako‘z turnalar», «Sumanbar nasim», «Ko‘ngil ufqlari», «Ishq ifori» kabi she’riy to‘plamlari, «Sirli tun faryodi» hikoyalar majmuasi, «Qizoyimlarga kelinlik saboqlari», «Tibbiyot fidoyilari», «Xaloskorlik», «E’zozli ayollar» kabi publitsistik asarlari nashr etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring