O‘zbekiston xorijdan baliq import qilishni ko‘paytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berishicha, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan.
Baliq va dengiz mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
- Rossiya – 2,9 ming tonna
- Vetnam – 905 tonna
- Latviya – 822 tonna
- Qozog‘iston – 435 tonna
- Norvegiya – 327 tonna
- Litva – 322 tonna
- Xitoy – 41,4 tonna
- Turkiya – 35 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter