Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildirdi.

"Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan bo‘lgan xatar va tahdidlarning misli ko‘rilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz.

Biz qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz", deyiladi TIV bayonotida.

O‘zbekiston tomoni mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik Kengashining qarorlariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 1-oktyabr kuni Eron Isroilga qarata yuzlab raketalar zarbalari berdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari,  Isroil kuchlari Livan hududida harbiy harakatlar olib bormoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring