O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Moliya vazirligiga 490 nomzodni tavsiya qildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratib, sohani nopok kadrlardan tozalash zarurligini ta’kidlagan edi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Yoshlar ittifoqi moliya organlarida ishlash istagini bildirgan 3 ming 100 dan ziyod yigit-qiz orasidan 490 nafarini saralab, Moliya vazirligiga tavsiya etdi.
Xabarda aytishilicha, nomzodlar Yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda berilgan e’lonlar asosida shakllantirilgan. Shuningdek, vazirlikning Yoshlar yetakchilari kengashiga ham sohada ishlashni maqsad qilgan 90 dan ortiq yoshning hujjatlari kelib tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter