O‘zbekistonliklar uchun kruiz kemalarida ishlash imkoniyati yaratiladi

Migratsiya agentligi rahbariyati va Makedoniyaning «Kouzon Corporation» kompaniyasi ijrochi direktori Zoran Kochoski o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, kruiz kompaniyalari hamkorlikda mehnat faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Endilikda xorijda ishlash istagida bo‘lgan ingliz tilini biladigan o‘zbekistonliklarga turistik kemalarida tashkillashtirilgan tarzda ishga joylashtirish imkoniyati yaratiladi.
«Kouzon Corporation» 28 yildan buyon dunyo bo‘ylab 18 ta davlatda faoliyat yuritmoqda. Laynerlar — O‘rta yer dengizi, Tinch okeani, Skandinaviya, Boltiq, Karib dengizi kabi yo‘nalishlarda harakatlanadi.
Kompaniya ushbu laynerlarga malakali kadrlarni tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. Yiliga dunyo bo‘ylab 20 mingdan 25 minggacha mutaxassislarni ish bilan ta’minlaydi.
Kemalardagi oylik maoshlar dastlabki 6 oylik shartnomada 1200 AQSh dollardan boshlanadi, so‘ngra ikki oy ta’til beriladi va keyingi olti oylik yangi shartnomada tajribaga qarab maosh ko‘tarilib boradi hamda 4000 AQSh dollarigacha yetadi. Yashash bilan bog‘liq xarajatlar kompaniya hisobidan qoplanadi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, ishlash uchun zarur bo‘lgan C1/D tranzit vizasini olish jarayonlari soddalashtiriladi va ish beruvchi tomonidan 45 - 90 kun oralig‘ida rasmiylashtiriladi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqiladi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter