Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 10000ta ovoz to‘plagan birinchi petitsiya. Endi uni Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqadi

O‘zbekistonda 10000ta ovoz to‘plagan birinchi petitsiya. Endi uni Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqadi

Kollaj: «Xabar.uz»

«Mening fikrim» portaliga joylashtirilgan transport vositalari oynalarini qoraytirishga ruxsat berilishi taklif etilgan jamoaviy murojaat 8 kun ichida 10000dan ortiq ovoz to‘pladi va Oliy Majlis palatalari ko‘rib chiqishga kiritiladigan dastlabki petitsiyaga aylandi.

 

Ckrin: «Mening fikrim»

Mazkur petitsiya muallifi Artur Tajiyev o‘z murojaatini O‘zbekiston iqlimi issiq ekanligi, pardalar ham taqiqlangani sababli orqa o‘rindagi bolalar jazirama va oftob urishidan aziyat chekishi mumkinligi bilan izohlagan.

U davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish uchun avtomobilning oldi oynasini pulli asosda 70 foizga qoraytirishga ruxsat berish va bunday mashinalarni ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yishni taklif etgan.

Portalda ushbu taklifni yoqlaganlar ham, qarshi chiqqanlar ham ko‘plab izohlar qoldirishdi. Keng muhokamaga sabab bo‘lgani uchun ham bu petitsiya qisqa muddat ichida keragicha ovoz to‘play oldi.


O‘qing: Petitsiya va «Mening fikrim». Bir yil ichida ikki xil manzara


Endi vakolatli davlat organlari 60 kun ichida murojaatni ko‘rib chiqib qaror chiqarishlari shart. Bunda murojaatning tashabbuskori vakolatli organ tomonidan tashkil qilingan murojaatni ko‘rib chiqish yig‘ilishlariga taklif etilishi mumkin.

Vakolatli organ qabul qilgan qaror «Mening fikrim» portalida e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring