O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab tibbiy sug‘urta mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etiladi
2018-yildan boshlab respublikamizda tibbiy sug‘urta mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur masala «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturiga kiritildi.
Davlat dasturi bugun, 22-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan tasdiqlandi. Farmon va uning sharhi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot» dasturida o‘qib eshittirildi.
Davlat dasturi 231 banddan iborat bo‘lib, unga ko‘ra 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.
Davlat dasturidan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir yana boshqa muhim masalalar o‘rin olgan. Mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlar tez orada ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter