O‘zbekistonda 2024-yilda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga 1,6 trln so‘m sarflandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilda ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga xarajatlar qiymati hajmi qariyb 1,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 184,9 mlrd so‘mga yoki 13,3 foizga oshgan.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar qiymati yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yil — 838,6 mlrd so‘m
- 2021-yil — 971,8 mlrd so‘m
- 2022-yil — 1 423,3 mlrd so‘m
- 2023-yil — 1 389,2 mlrd so‘m
- 2024-yil — 1 574,1 mlrd so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter