Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2,8 million kashandaning yarmidan ko‘pi xavf ostida

O‘zbekistonda 2,8 million kashandaning yarmidan ko‘pi xavf ostida

Toshkentdagi «Poytaxt» biznes markazida 31-may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni munosabati bilan «O‘zbekistonda tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davra suhbatida yurtimizda kashandalikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bu yilgi Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kunining mavzusi «Tamaki va yurak-tomir kasalliklari» deb nomlandi.

Tamaki iste’mol qilish yurak ishemik kasalligi, insult va periferik tomirlar kasalliklari rivojlanishining xavfli omillaridan biridir. Dunyo bo‘yicha yurak-tomir tizimi kasalliklari tufayli vafot etayotgan odamlar soni oshmoqda. Har yili global tamaki epidemiyasi deyarli 7 million inson umriga zomin bo‘lmoqda. Ulardan 900 mingdan ortig‘i chekmaydigan, lekin tamaki tutuni ta’siri ostida zaharlanganlardir.

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistonda kattalar orasida chekishning tarqalgani to‘g‘risidagi so‘nggi ko‘rsatkichlariga asoslangan prognozga ko‘ra, hozirda 2,8 million kashandalarning yarmidan ko‘pining hayoti xavf ostida qolmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring