O‘zbekistonda aholi eng tez o‘sayotgan hududlar aytildi
Bir muddat oldin O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri (2,7 foiz), Surxondaryo (2,5 foiz), Qashqadaryo (2,2 foiz), Namangan (2,2 foiz) va Samarqand (2,2 foiz) viloyatlari aholisi tez sur’atlarda o‘smoqda.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga ko‘paygan.
Shuningdek, hududlar kesimida doimiy aholi sonining o‘sishi eng kam – Qoraqalpog‘iston respublikasi (1,4 foiz) hamda Buxoro (1,7 foiz) va Navoiy (1,8 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter