O‘zbekistonda aholi soni bir yilda qanchaga oshgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi — 36 799 756 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga oshgan.
2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter