Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Ai-80 benzini 500 so‘mga arzonlaydi va 4000 so‘mdan sotiladi

O‘zbekistonda Ai-80 benzini 500 so‘mga arzonlaydi va 4000 so‘mdan sotiladi

O‘zbekistonda Ai-80 benzini arzonlashi kutilmoqda. Bu haqda Xabar.uz’ga «O‘zbekneftgaz»dagi ishonchli manba ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020 yilning 1 may kunidan boshlab «UNG» milliy brendi ostidagi dizel yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 500 so‘mga arzonlaydi va 6500 so‘mdan sotiladi. 3 may sanasidan e’tiboran Ai-80 benzini ham 500 so‘mga arzonlaydi va 4000 ming so‘mdan sotila boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan edi. Qarorga ko‘ra 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali benzin narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi bekor qilindi.

Bugundan e’tiboran neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isini (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isini) sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring