Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda AI-80 benzinining narxi arzonlashdi

O‘zbekistonda AI-80 benzinining narxi arzonlashdi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ga 24 914,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 12 471,03 tonnasi, ya’ni 50,0 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 38 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6 246,3 ming so‘mdan 6 159,6 ming so‘mgacha yoki 1,4 foizga pasaygan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 234,5 ming so‘mni, AI-91 – 7 917,0 ming so‘mni tashkil etgan. 

Avvalroq, O‘zbekistonda bir oyda qancha benzin ishlab chiqarilishi ma’lum qilingandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring