Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aniqlangan oltin zaxiralari 6,4 ming tonnani tashkil etadi – tadqiqot

O‘zbekistonda aniqlangan oltin zaxiralari 6,4 ming tonnani tashkil etadi – tadqiqot

O‘zbekiston rangli metallarga boy bo‘lib, uning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadigan sezilarli zaxiralarga ega.

Progressiv islohotlar markazining «Tartibga solish ta’sirini baholash: «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning tahlili» nomli maqolasida Kon sanoati va geologiya vazirligi ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekistonda oltin (jahon miqyosida 5-o‘rin), uran (12-o‘rin), mis (8-o‘rin), kaliy tuzlari (4-o‘rin) kabi asosiy foydali qazilmalar zaxiralari mavjudligi aytiladi.

Bu esa O‘zbekistonni resurslar bo‘yicha dunyoning birinchi o‘nta davlati qatoriga kiritadi.

O‘zbekiston o‘z zaxiralaridan tashqari oltin (jahon miqyosida 10-o‘rin) va uran (jahon miqyosida 7-o‘rin) bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi. Ammo Markaz mamlakat hududining bor-yo‘g‘i 40 foizi batafsil o‘rganilgani va bu juda katta, ammo hali foydalanilmagan salohiyatdan dalolat berishini ta’kidlaydi.

«Jumladan, O‘zbekistonda aniqlangan oltin zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush 24,6 ming tonna, mis 21,3 million tonnani tashkil etadi», – deyiladi maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring