Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda benzin narxi taxminan qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida»gi qarori loyihasi tarqaldi.

Unda benzin narxlari 10-15 foizgacha oshishi belgilangan. Shunga ko‘ra, narxlardagi o‘zgarishlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Ai-80 — bir litr uchun 4000 so‘m (hozirda 3800 so‘m);
  • Ai-91 — bir litr uchun 4500 so‘m (hozirda 4300 so‘m);
  • Dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 4800 so‘m (hozirda 4100 so‘m);
  • EKO dizel yoqilg‘isi — bir litr uchun 4900 so‘m.

Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Benzin narxi O‘zbekistonda so‘nggi bor 2017-yil 15-noyabr kuni 35 foizgacha oshgandi.

Qayd etish kerakki, yuqorida keltirilgan qaror loyihasi bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi ham mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas