O‘zbekistonda bir kishiga qancha yashash maydoni to‘g‘ri keladi?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
2023-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha to‘g‘ri keladigan kvadrat metr):
— Armaniston – 35,5 kv. m.
— Moldova – 35,3 kv. m.
— Belarus R. – 29,4 kv. m.
— Rossiya – 28,2 kv. m.
— Qozog‘iston – 23,4 kv. m.
— Ozarbayjon – 20,1 kv. m.
— O‘zbekiston – 18,5 kv. m.
— Qirg‘iz R. – 13 kv. m.
— Tojikiston – 10,9 kv. m.
❗️Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter