Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

O‘zbekistonda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Loyihaga ko‘ra, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:

  • benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi;
  • tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar. Bunda, tovarlarni birinchi marta import qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari import shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida hisobda turishi shart;
  • yagona yer solig‘i to‘lovchisi hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tishi mumkin;
  • kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olgan tushumi yuz million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Quyidagilar 2019-yil 1-oktyabrdan bekor qilinadi:

a) quyidagilarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan import qilinganda:

  • asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;
  • soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;
  • qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;

b) yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar.

2019-yil 1-oktyabrdan boshlab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring