Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Joriy yil 22 sentyabr kuni Belgiyaning Bryugge shahridagi Yevropa kollejida Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Yevropaning yetakchi diplomatiya akademiyasi rektori, Yevropa Ittifoqining 2014-2019 yillardagi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini hamda Diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini so‘zlariga ko‘ra, sammit kelgusi yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda muhim bosqichlar kechdi, endi ular sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Ikki tomonlama aloqalar tobora kengayib bormoqda, davlat rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda, kelgusi yili O‘zbekistonda birinchi Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi savdo va iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, xavfsizlik va atrof-muhit, islohotlarni amalga oshirish, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlik sohalarida bir-birlari uchun qimmatli sheriklardir», – degan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring