Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari reklamasi sabab 30 ga yaqin sayt bloklandi

O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlari reklamasi sabab 30 ga yaqin sayt bloklandi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash bo‘yicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga takliflar kiritilganini va shundan 27 ta sayt bloklanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari bo‘yicha ham ichki ishlar organlariga 11 ta xatlar kiritilgan.

«Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan turli soha va yo‘nalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatlari berildi. 

Shu o‘rinda, fursatdan foydalanib reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini ta’minlashga doir masalalariga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Qo‘mita tegishli mas’ul idoralar bilan birgalikda respublikamizda mavjud tashqi reklama ob’yektlaridagi reklamalarning davlat tili qoidalariga mosligini o‘rganish yuzasidan jami 9 mingdan ortiq monitoringlar o‘tkazildi.

Shundan, 3 mingdan ortiq (35 foiz) reklamalar davlat tili qoidalariga muvofiq emasligi aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan», – deydi Qo‘mita raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring