O‘zbekistonda dollar va yevro kursining oshishi kuzatildi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 9-aprelidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra AQSh dollari kursi +31,75 so‘mga oshdi va bir dollar narxi 8451,37 so‘m bo‘ldi.
Yevro esa +33,08 so‘mga oshib 9477,37 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli biroz qimmatlashib (+1,23 so‘m), 129.37 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter