O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 17-dekabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan — 5,15 so‘mga pastlab, 9 532,40 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi bu haftada ham ko‘tarildi (+53,41) va bir yevro 10 599,08 so‘m qiymatida belgilandi.
Rossiya rubli esa + 1,69 so‘mga qimmatlab, 151,57 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter