O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Milliy dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 16-iyuldan 21-iyulgacha bo‘lgan anomal issiq davrda O‘zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli va yuklamasi bo‘yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi.
Xususan, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi.
Jumladan, 2025-yil 18-iyul kunlik iste’mol miqdori 272,6 mln kVt/soat, bu qishki maksimumdan (271,8 mln kVt/soat) va avvalgi yozgi rekorddan (253,3 mln kVt/soat) oshib ketdi.
Kecha soat 17:00 da energetika tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi, bu qishki rekorddan (12,5 GVt) va 2024-yil iyul oyidagi ko‘rsatkichlardan (11,8 GVt) yuqori.
Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi.
Xususan, sutkalik iste’mol - 32,4 mln kVt/soat (2024 yilda kuzatilgan maksimal iste’mol - 30,5 mln kVt/soat)ga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 33 foizga ko‘pni tashkil etdi.
Poytaxtda eng yuqori yuklama soat 14:52 da — 1811 MVt (2024 yilda - 1680 MVt)ni tashkil qildi. Joriy iste’mol darajasi 2024-yil iyul oyining shu davriga nisbatan 7,6 foizga yuqori bo‘lib, oy boshidan buyon o‘sish 11,0 foizni tashkil etdi.
Energetika vazirligi, o‘z navbatida, iste’molchilardan elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘ramoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter