Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga eng ko‘p olma eksport qilayotgan davlat nomi aytildi

O‘zbekistonga eng ko‘p olma eksport qilayotgan davlat nomi aytildi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.

Olma importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p olma mevasini import qilingan davlatlar:

— Eron – 15,2 ming tonna
— Polsha – 2,2 ming tonna
— Moldova – 1,5 ming tonna
— Ukraina – 1,8 ming tonna
— Turkiya – 732,6 tonna
— Xitoy– 523,6 tonna
— Qozog‘iston – 164,3 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring