O‘zbekistonda yer qimirladi: epimarkazi Samarqandda
Bugun, 6-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:41 da O‘zbekistonning janubiy hududlarida zilzila hodisasi kuzatildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Urgut tumanida, 10 km chuqurlikda joylashgan. Markazda zilzila kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Yer silkinishi, jumladan, Urgut (2-3 ball), Toyloq (2 ball), Bulung‘ur (2 ball) va Samarqand (2 ball) tumanlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Kitob (2 ball) hamda Shahrisabz (2 ball) tumanlarida sezilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter