Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlaydigan maktab ochiladi

O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlaydigan maktab ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021-y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida «Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi» bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Maktabda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.

Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring