Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

Prezidentning joriy yil 21-avgustdagi «O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–262-son qarori bilan mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari belgilab olindi.

Jumladan:

  • moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko‘paytirish orqali futbol bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirish;
  • iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to‘liq raqamlashtirish.

Qarorga ko‘ra, «Milliy futbol elektron platformasi» axborot tizimi yaratiladi.

2026-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy ko‘rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2026-yil 1-martdan futbol o‘yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo‘llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring