Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilish kutilmoqda

O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilish kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda havo harorati 39 darajagacha oshadi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Havo harorati 29-32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 33-35 darajagacha bo‘ladi. 

 Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir. 

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Toshkentda 2-4-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 29-31 daraja, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring