Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda hindistonliklik talabalar eng ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda hindistonliklik talabalar eng ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Hindiston — 2 090 nafar;

Turkmaniston — 1 627 nafar;

Tojikiston — 758 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 317 nafar;

Janubiy Koreya — 249 nafar;

Xitoy — 242 nafar;

Pokiston — 237 nafar;

Afg‘oniston — 132 nafar;

AQSh — 118 nafar;

Qozog‘iston — 102 nafar;

Boshqa davlatlar — 535nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring