O‘zbekistonda ikki xorijlik hamkor bilan aviayoqilg‘i – SAF ishlab chiqariladi
Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatida 1500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida 200 MVt quvvatli quyosh fotoyelektr stansiyasi, Buxoro viloyatida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan ikkita va Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalari ishga tushirilgan.
Shuningdek, yil yakuniga qadar Parkent tumanida yirik energiya saqlash tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
«ACWA Power» bilan hamkorlikning yana bir yo‘nalishi kadrlar va mutaxassislarni tayyorlashdir. Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi energetika kollejida yangi ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi joriy etildi.
Muassasada o‘quvchilarga chet tili o‘rgatiladi va ular nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlardagi «ACWA Power» loyihalariga ham jalb qilinadi», – deydi energetika vaziri J.Mirzamahmudov.
Saudiya Arabistonining «Vision Invest» va AQShning «Air Products» kompaniyalari bilan yangi havo bandargohi uchun ekologik barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangi aeroport ekspluatatsiyasi uchun to‘liq qayta tiklanuvchi yoqilg‘i ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining «Pemco» kompaniyasi yil oxirigacha Samarqand viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli IYeS qurish ishlarini boshlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter