O‘zbekistonda ko‘cha nomi va uy raqamlarini o‘rnatish tartibi belgilandi

Hukumatning joriy yil 30-iyuldagi 475-son qarori bilan «Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’yekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’yekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.
Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
- 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;
- 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;
- 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.
Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter