O‘zbekistonda koronavirus bilan kurashda yangi chora-tadbirlar qabul qilindi

Unga ko‘ra, endi sanatoriy, pansionat va bolalar oromgohlariga borish uchun PSR-test tahlilining manfiy natija qayd etilgan ma’lumotnomasi talab etiladi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
PSR-test ushbu muassasalardan biriga kelishdan avval 72 soat ichida amalga oshirilishi kerak.
Ushbu tartib shu turdagi barcha ob’yektlar uchun, mulk shaklidan qat’i nazar, yangi talablar nashr etilgunga qadar o‘rnatiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda endilikda niqobsiz shaxslar jamoat transportiga chiqarilmasligi, O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi yopilishi hamda emlanuvchilar guruhi yana kengaygani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter