O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 4000 nafarga yaqinlashdi
Bugun poytaxtimizda 22 nafar, Buxoroda 10 nafar va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1897 nafari sog‘aydi. Ayni paytda poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 847 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda.
Buxoroda esa shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 467 nafarga yetdi. Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda.
Namanganda esa jami kasallik qayd etilganlar soni 273 nafar bo‘lib, endilikda shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan edi. Ayni paytda bu xududda davolanayotganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun hozirgi soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan 36 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 3910 nafarga yetdi. Infeksiyaga chalinganlar soni esa 4994 nafarni tashkil etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter