O‘zbekistonda Mahalla tizimi xodimlari kuni belgilandi

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Senatorlar tomonidan «Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, qonunni senatorlar atroflicha muhokama qilishib, ma’qullashdi.
Qonun bilan endilikda, 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.
Qonun Prezident imzolaganidan keyin kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter