O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,77 million nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari soni 6 776,3 ming nafarni tashkil etdi.
Ko‘rsatkich 1990/1991-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 2 120,8 ming nafar yoki 45,6 foizga.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi o‘quvchilar soni quyidagicha:
1990/1991-o‘quv yili boshiga — 4 655,5 ming nafar;
2000/2001-o‘quv yili boshiga — 6 017,6 ming nafar;
2010/2011-o‘quv yili boshiga — 4 695,3 ming nafar;
2020/2021-o‘quv yili boshiga — 6 287,9 ming nafar;
2023/2024-o‘quv yili boshiga — 6 645,1 ming nafar;
2024/2025-o‘quv yili boshiga — 6 776,3 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter