Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olish mumkin bo‘ladi» — «O‘zavtosanoat» direksiyasi boshlig‘i

«Minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olish mumkin bo‘ladi» — «O‘zavtosanoat» direksiyasi boshlig‘i

Foto: «uz24.uz»

Bugun, 7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida «O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AOKA matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zavtosanoat» strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.

«Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda, — dedi Rustam Qodirov. — Masalan, sizning moshinangiz bor, 3-5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi moshina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan moshinangizni dillerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz».

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring