Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti filiallari ochiladi

O‘zbekistonda Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti filiallari ochiladi

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Radiologiya tibbiy tadqiqot milliy markazi bosh direktori, P.A. Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Andrey Kaprin boshchiligidagi onkolog shifokorlardan iborat delegatsiya malakatimizga tashrif buyurdi. Ular yurtimizdagi Respublika ixtisoslashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Toshkent shahridagi filiali faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va rossiyalik hamkasblar ordinatura, aspirantura hamda doktorantura orqali yetuk onkolog va radiolog shifokorlarni tayyorlash, radioterapiya bo‘limlarida ishlash uchun tibbiy fizik mutaxassislarni yetishtirish, onkologlarning Rossiya klinikalarida stajirovkasini tashkil etish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar.

P.A. Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti o‘zbek hamkasblari uchun o‘qishni bepul tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida Toshkent va Samarqand shaharlarida P.A. Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti filiallarini ochishga kelishib olindi.

«Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda  15 million nafarga yaqin kishi ushbu kasallik bilan  ro‘yxatga olinadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining prognoziga ko‘ra, 2020 yilga borib saraton kasalligiga chalingan bemorlarning soni 16 millionga yetishi mumkin. Shuning uchun saraton kasalligiga qarshi kurash, bu boradagi muammolarni hal qilish kompleks yondashuvni talab qiladi. Bunda ilg‘or  xorijiy tajribani keng jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi»,-deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring