O‘zbekistonda olti oyda 68 ta yangi maktab qurildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 68 ta yangi maktab qurilgan.
Ularning 34 tasi, ya’ni teng yarmi qishloqlarda qurilgan.
Yana bir e’tiborli raqam — qurilgan maktablarning 35 tasi Andijon viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar bo‘yicha yangi maktablar soni quyidagicha:
- Andijon viloyati — 35 ta;
- Buxoro viloyati — 19 ta;
- Xorazm viloyati — 7 ta;
- Namangan viloyati — 6 ta;
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 1 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter