Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda onkologik suyak kasalliklari bo‘yicha yangilik yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda onkologik suyak kasalliklari bo‘yicha yangilik yo‘lga qo‘yildi

Tizza osteosarkomasi bilan og‘rigan 13 va 14 yoshli qizlarda organlarni saqlovchi, yuqori darajada terapevtik ta’sir ko‘rsatadigan ikkita noyob operatsiya bajarildi.

O‘zbekistonda ilk bor onkologik suyak kasalliklarida noinvaziv tizza bo‘g‘imi endoprotezini o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida bugun yurtimizda ushbu yo‘nalishda tibbiy xizmatlar sifati butunlay yangi bosqichga ko‘tarildi”, — deydi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Jamila Po‘latova.

Ta’kidlanishicha, muassasada yangi turdagi ko‘plab muolaja usullari amaliyotga tatbiq etilyapti. Jumladan, O‘zbekistonda ilk bor onkologik suyak kasalliklariga chalingan bolalarga noinvaziv tizza bo‘g‘imlari endoprotezlarini o‘rnatish yo‘lga qo‘yildi.

Unda tizza osteosarkomasi bilan og‘rigan 13 va 14 yoshli qizlarda organlarni saqlovchi, yuqori darajada terapevtik ta’sir ko‘rsatadigan ikkita noyob operatsiya bajarildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davrida rossiyalik yetakchi mutaxassis Konstantin Ryabov bilan hamkorlikda gepatosellyular jigar saratoni tashxisi qo‘yilgan bemor bolada o‘ta murakkab jarrohlik muolajasi amalga oshirildi.

Bundan tashqari, muassasaning hududiy filiallarida bir qator yangi davolash va diagnostika usullari amaliyotga tatbiq qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring