Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davri 75,1 yoshgacha oshdi

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davri 75,1 yoshgacha oshdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Iqtisodiyotimiz rivojlanishi, aholimiz ko‘payishi bilan xavfsiz va barqaror energiya resurslariga talab ortmoqda.

O‘tgan sakkiz yilda iste’molchilar soni 25 foizga, ya’ni qo‘shimcha 1 million 600 mingtaga, iste’mol hajmi esa 54 foizga yoki qo‘shimcha 25 milliard kilovatt-soatga oshdi.

Shuning uchun “yashil” energiya ulushini oshirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan qadamlar qo‘yilgani ta’kidlandi. 

Natijada elektr ishlab chiqarish quvvatlari 2016 yildagi 59 milliard kilovatt-soatdan 85 milliard kilovatt-soatga yetdi, kelasi yilda bu 97 milliard kilovatt-soatdan ziyodni tashkil etadi.

Shu yilning o‘zida 6,5 milliard kilovatt-soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi. Eng muhimi, jami generatsiya quvvatlarida “yashil” energiya ulushi 30 foizga yetdi.

2030 yilgacha yana 35 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobidan “yashil” energiya ulushi 54 foizga olib chiqilishi qayd etildi.

So‘nggi yillarda tibbiyot uchun mablag‘lar 6 karra oshirildi, sifatli tibbiy xizmatlar mahallagacha tushirildi.

Odamlarimiz yuqori texnologik tibbiy xizmatlar uchun oldin faqat poytaxtga kelardi. Hozir bunday amaliyotlarning 400 dan ortig‘i viloyat va tumanlarning o‘zida bajarilmoqda.

Aholining turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani natijasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzaydi.

“Biz ta’lim-tarbiya uchun, aholi salomatligi uchun, muallim va shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha kuch va mablag‘ kerak bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz!”– dedi Prezident.

Shuningdek, prezident xalqaro vaziyatga e’tibor qaratdi.

“Afg‘oniston mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili ekanidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning hukumati bilan konstruktiv va amaliy hamkorlik olib borish zarur, deb bilamiz. 

Biz Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya’ni o‘zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat’iy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”,– dedi Prezident.

El-yurtimiz urush va ofatlar vaqtida og‘ir vaziyatga tushib qolgan begunoh insonlarga doimo beg‘araz yordam ko‘rsatib kelgan.

Insonparvarlik an’analarimizga sodiq qolib, O‘zbekistonga olib kelingan Falastin fuqarolariga mehmonlarimiz sifatida zarur ijtimoiy, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus farmon qabul qilindi. 

Prezidentimiz bag‘rikeng, mehr-oqibatli xalqimiz ushbu farmonda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring