Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 20 foizga oshadi

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 20 foizga oshadi

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-martidan boshlab «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma’lum qildi.

«Bu o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lashga zamin yaratadi» deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, narxlarni tartibga solish orqali poyezd yo‘nalishlar sonini ko‘payishi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlanishi bildirilgan.

«Afrosiyob» poyezdi chiptalari narxi o‘tgan yili noyabrida oshishi ma’lum bo‘lgandi va narxlar haqida saytimizda  ma’lumot bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring