O‘zbekistonda poliz mahsulotlarini yetishtirish ko‘paydi
O‘zbekistonda poliz ekinlarini yetishtirish hajmi oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 369,3 ming tonna poliz ekinlari yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 foizga oshgan.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:
- fermer xo‘jaliklarida – 123,5 ming tonna;
- dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 235,7 ming tonna;
- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 10,1 ming tonna.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter