O‘zbekistonda qancha tamaki va nosvoy chekuvchilar borligi ochiqlandi
O‘zbekistonda qariyb 4,5 million chekuvchi bor. Bu haqda «Tamakisoz» assotsiatsiyasi raisi muovini Muxtor G‘aniyev «Daryo»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
G‘aniyevning aytishicha, chekuvchilar sonini aniqlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan.
«2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligining bir qator ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda nosvoy va sigaret masalasini o‘rganib chiqdik. Hisob kitoblarga qaraganda, O‘zbekistonda 4,5 million chekuvchi bor. Shundan yarmidan ko‘prog‘i — 2,4 million nafari sigaret chekadi. Qolganlari (2,1 million nafari) nosvoy chekadi.
Unisi ham, bunisi ham zahar. Lekin tahlil natijalari qo‘lbola nosvoylarning zahari ko‘proq yekanini ko‘rsatdi. Uning tarkibida og‘ir metallar, xususan, rux, stronsiy va boshqa zaharli yelementlar mavjud. Ular og‘iz bo‘shlig‘i, jig‘ildonga tushishi oqibatida saraton kasalligiga olib keladi. Turli onkologik kasalliklar keltirib chiqaradi»—deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter