O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanishi mumkin
![O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanishi mumkin](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3606573868.jpg)
Oila kodeksining 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlashi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter