Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qattiq sovuq qachongacha davom etadi?

O‘zbekistonda qattiq sovuq qachongacha davom etadi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo sharoitini hali ham markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Kechalari sovuq 5—10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12—17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0 daraja sovuqdan oshmaydi.

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8—10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi. Demak, anomal sovuq yana bir necha kun davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring