O‘zbekistonda sakkiz oyda 284 352 ta yengil mashina ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–avgust oylarida turli rusumdagi 284 352 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,9 ming donaga yoki 9,2 foizga oshgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillarning rusumlari:
- Cobalt — 99 013 dona;
- Damas — 57 882 dona;
- Tracker — 29 930 dona;
- Onix — 20 241 dona;
- KIA — 17 166 dona;
- Chery — 5 909 dona;
- Haval — 5 303 dona;
- BYD — 12 930 dona;
- Tank 500 — 42 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar — 35 936 dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter