Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sayyohlik rekordlari yangilanmoqda — uch oyda qariyb 20 foizlik o‘sish kuzatildi

O‘zbekistonda sayyohlik rekordlari yangilanmoqda — uch oyda qariyb 20 foizlik o‘sish kuzatildi

2025 yilning aprel-iyun oylarida O‘zbekistonga uch milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi — har oyda sayyohlar oqimi barqaror ravishda bir million kishidan oshib ketdi. Bu nafaqat mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlovchi tarixiy natija, balki turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini ko‘rsatuvchi dalildir.

2024 yilning shu davriga nisbatan xorijiy sayyohlar soni qariyb 20 foizga ko‘paygani soha uchun katta yutuq hisoblanadi.

2025 yil aprel oyida O‘zbekiston birinchi marta bir oy davomida 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohni qabul qildi, may oyida esa yangi rekord o‘rnatildi - 1,1 million sayyoh. Iyun oyida 1,1 millionga yaqin sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi.

Mamlakatimiz imidjini oshirish, vizasiz rejimni kengaytirish, sohaga sarmoyalar jalb qilish hamda xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalari, forumlar va roud-shoularda faol ishtirok etish borasidagi sa’y-harakatlar tufayli o‘sish sur’ati davom etmoqda.

Oldinda yanada ulkan vazifalar kutmoqda. Istiqbolda xalqaro standartlarga mos keladigan sayyohlik xizmatlari doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Global bozorda tobora ommalashib borayotgan ekologik va barqaror turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladigan bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring