Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022 yilning yoz hamda 2023 yilning iyun oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 26 iyulda Respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 250,7 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. 2022 yilning xuddi shu kunida jami 236,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 5,8 foiz ortiq bo‘ldi.

Bundan oldin 2023 yil 12-iyul kuni Respublika bo‘yicha jami iste’mol 247,5 mln kVt⋅soatni tashkil etib, rekord ko‘rsatkich yangilangan edi.

Shu bilan birga, 26 iyul kuni elektr energiyasi iste’molining soatlik talabi qariyb 12 300 MVtni tashkil qildi. Bu 2022 yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 500 MVt (+14,1 foiz) ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kVt⋅soatni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MVtni tashkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 243,9 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. Bu 2022 yilning shu kungi holatiga nisbatan 21,5 mln kVt⋅soat (9,6 foiz) ko‘pdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring